MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasi, farmatevtika bozorining xar bir ma`sul ishtirokchisi singari, o`z maxsulotlarini sifati va iste`molchilar sog`ligi xaqida qayg`uradi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining xavfsizligini doimiy nazorati bo`yicha faoliyat olib boradigan “Farmakologik nazorat” tizimi joriy etilgan.

MChJ “A.B.-BIOKOM”da farmakologik nazorat tizimi quyidagilarni ta`minlash uchun tashkil etilgan:

  • Dori vositalarini xavfsizligini doimiy monitoring qilish (1);
  • Dori vositalarning sifati va xavfsizligi bo`yicha korxona javobgarligini oshirish (2);
  • Dori vositalarining xavfsizligini ta’minlash bo`yicha o`z vaqtida tegishli choralarni ko`rish (3);
  • Preparatlar xavfsizligi to`g`risida o`z vaqtida xabar berish (4).

Farmakonazorat faoliyatiga kutilmagan reaksiyalar (KR) xaqida ma`lumot yeg`ish, boshqaruv organlariga KR bo`yicha ma`lumot berish, farmakoxavfsizlik (FX) bo`yicha xodimlarni o`qitish, treninglar o`tqazish, tasdiqlangan tartiblarga mos ravishda FX bo`yicha tegishli xujjatlarni olib borish kiradi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun va GVP talablariga muvofiq ravishda tashkilot dori vositalarning kutilmagan salbiy ta`sirlari va boshqa preparatlar bilan ta`sirlashuv xaqidagi ma`lumotlarni to`playdi va taxlil qiladi. Shuningdek tibbiyot muassasalarining shifokorlari va davlat nazorati organlari bilan faol hamkorlik qiladi.

Shifokor yoki iste`molchi MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasi tomonidan ishlab-chiqarilgan dori vositalarining iste`mol qilinishi bilan bog`liq barcha muammolarni (salbiy reaksiyalar, kutilmagan nojo`ya ta`sirlar yoki preparatni qo`llashdan keyin kutilayotgan terapevtik ta`sirining yo`qligi) to`g`risida xabar berish uchun quida keltirilgan electron shaklini yuklab olish va to`ldirish orqali xabar berish mumkin. Buning tashqari korxonaning yuridik manziliga pochta orqali, yoki elektron pochta (biokom.uz@yandex.ru) orqali xabar berishingiz yoki quyidagi telefon raqami orqali (+99890) 350-20-51 qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.