Glutamed

GLUTAMED

Preparatning savdo nomi: Glutamed
Ta’sir etuvchi moddalar: Glutamed (mis(II)ning glutamin kislotali biomajmuasi) va kaliy yo`did
Chiqarish shakli: Tabletkalar, blisterlar va flakonlarda
Tarkibi: 1 tabletka saqlaydigan faol moddalar: och-xavorang tabletka – glutamed – 2 mg, oq tabletka – kaliy yo`did – 131 mkg (100 mkg element yo`dga ekvivalent doza). Yordamchi moddalar: Qand, kraxmal, kalsiy stearat yoki stearin kislotasi
Farmakoterapevtik guruh: Endokrin tizimi kasalliklarini davolash uchun vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Preparat immunmodullovchi, antioksidant va qon hosil qilish faolliklariga egadir.

Preparat o`z tarkibida ikki xil biofaol moddalar tabletkalarini saqlaganligi sababli keng qamrovli farmakologik xossalarga ega.

Qalqonsimon bezi follikulini epiteliy xujayralariga kaliy yo`did tabletkalari tarkibidagi yo`didlar kirganida, yo`did – gidroksidaza fermentini ta’siri ostida element yo`d hosil qilib oksidlanadi va tirozin molekulasi tarkibiga qo`shiladi. Bunda tireoglobulindagi tirozin radikallarining bir qismi yo`dlanadi va natijada tironinlar hosil bo`ladi, ularning asosiylari tiroksin va uchyo`dtironinlardir. Tironinlar tireoglobulin oqsili bilan kompleks hosil qilib qalqonsimon bez follikulini kolloidida yeg`iladi.

Organizmga fiziologik miqdorlarda kirayotgan yo`d endemik bo`qoq (ovqatda yo`dni yetishmovchiligi bilan bog`liq bo`lgan) rivojlanishini oldini oladi.

Qo`llanilishi

Yo`d tanqisligi kasalliklarida, shu jumladan gipotireoz bilan kechadigan kasalliklarda: qalqonsimon bez gipofunksiyasida, gipotireozning subklinik va manifest bosqichida, diffuz bo`qoqda, autoimmun komponenti bilan bo`lgan diffuz bo`qoqda, aralash bo`qoqda, tugunli/ko`p tugunli kolloid proliferatsiyalanuvchi bo`qoqda, gipotireoz bilan kechadigan autoimmun tireoitda, birlamchi gipotireozda davolash uchun qo`llaniladi.


Bog'lanish

Bizga qo'ng'iroq qiling yoki quyidagi shaklni to'ldiring va biz siz bilan bog'lanamiz. Biz ish kunlarida 24 soat ichida barcha so'rovlarga javob berishga harakat qilamiz.