MChJ "A.B.-Biokom"
Milliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniya bo'lib, 1996 yildan buyon ishlaydi
Пн-Пт: 9:00 - 18:00
MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasi, farmatevtika bozorining xar bir ma`sul ishtirokchisi singari, o`z maxsulotlarini sifati va iste`molchilar sog`ligi xaqida qayg`uradi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining xavfsizligini doimiy nazorati bo`yicha faoliyat olib boradigan “Farmakologik nazorat” tizimi joriy etilgan.
MChJ “A.B.-BIOKOM”da farmakologik nazorat tizimi quyidagilarni ta`minlash uchun tashkil etilgan:
  • Dori vositalarini xavfsizligini doimiy monitoring qilish (1);
  • Dori vositalarning sifati va xavfsizligi bo`yicha korxona javobgarligini oshirish (2);
  • Dori vositalarining xavfsizligini ta’minlash bo`yicha o`z vaqtida tegishli choralarni ko`rish (3);
  • Preparatlar xavfsizligi to`g`risida o`z vaqtida xabar berish (4).
Ushbu vazifalarni bajarish uchun va GVP talablariga muvofiq ravishda tashkilot dori vositalarning kutilmagan salbiy ta`sirlari va boshqa preparatlar bilan ta`sirlashuv xaqidagi ma`lumotlarni to`playdi va taxlil qiladi. Shuningdek tibbiyot muassasalarining shifokorlari va davlat nazorati organlari bilan faol hamkorlik qiladi.

Shifokor yoki iste`molchi MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasi tomonidan ishlab-chiqarilgan dori vositalarining iste`mol qilinishi bilan bog`liq barcha muammolarni (salbiy
reaksiyalar, kutilmagan nojo`ya ta`sirlar yoki preparatni qo`llashdan keyin kutilayotgan terapevtik ta`sirining yo`qligi) to`g`risida xabar berish uchun quida keltirilgan electron shaklini yuklab olish va to`ldirish orqali xabar berish mumkin. Buning tashqari korxonaning yuridik manziliga pochta orqali, yoki elektron pochta (biokom.uz@yandex.ru) orqali xabar berishingiz yoki quyidagi telefon raqami orqali (+99890) 350-20-51 qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.
MChJ "A.B.-BIOKOM" Barcha huquqlar himoyalangan.