Ferrokomed
Preparatning savdo nomi: Ferrokomed
Ta`sir etuvchi moddalar: Glutafer, kobavit, glutamed
Chiqarilish shakli: Tabletkalar, blisterlarda va flakonlarda.
Tarkibi: 1 tabletka quyidagi faol moddalarni saqlaydi: – glutafer (temir (III) glutamin kislotasi bilan majmuasi)– 0,020 g (5,6 mg elementlar temirga ekvivalent); – kobavit (kobaltning glutamin kislotasi va vitamin U bilan majmuasi) – 0,010 g; – glutamed (mis (II) glutamin kislotasi bilan majmuasi) – 0,005 g. Yordamchi moddalar: Qand, kraxmal, kalsiy stearat yoki stearin kislotasi
Farmakoterapevtik guruhi: Eritropoezni rag`batlantiruvchi vositalar.
Faramakologik xususiyatlari
Ferrokomed majmuaviy uch komponentli anemiyaga qarshi preparat.
Preparatning eritropoezni rag’batlanti­ruvchi sifatidagi yaqqol klinik samarasi bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining xususiyatlari, hamda makro – va mikroelement­larning tirik organizmdagi shakllariga eng yaqin bo’lgan, ularni yagona tarkib – biokomp­lekslar bilan bog’langanligi bo’lib, bu ularning biokiraolishligini, endogen faolli­gini ahamiyatli oshishiga yordam beradi.
Preparatning faol komponentlari tarkibiga kiruvchi temir, kobalt va mis hayotiy muhim elementlar hisoblanadi.
Temir tizmli va hujayra aerob metobolizmi, hamda organizmning oksidlanish – qaytarilish gomeostazini etarli darajada ta’minlaydigan turli oqsil va ferment­larning almashinmaydigan komponenti hisoblanadi.
Odam organizmida mavjud temir saqlovchi komplekslar ikki guruhga bo’linadi: porfirinli va porfirinsiz. Porfirin guruhiga gemoglobin, mioglobin va gemm saqlovchi fermentlar – tsitoxromlar, tsitoxromoksidaza, katalaza, peroksidaza kiradi. Temirning porfirin saqlamaydigan guruhini transferrin, ferritin, gemosiderin va ba’zi temir proteinatlari tashkil etadi.
Gemoglabin eritrositlar tarkibiga kiradi, ularning yosh shakllarida sintezlanadi. Gemoglabin ekzogen kislorod va endogen karbonat angidrid gazining tashuvchisidir. Mioglobin yurak va skelet mushaklarining nafas oqsili bo’lib, kislorodni tashiydi va uning mushaklardagi miqdorini boshqaradi. Ferritin va gemosidirin asosan jigar, taloq va suyak ko’migining retikuloendotelial hujayralarining zaxira temirini tashkil qiladi. Transferrin temirni tashiluvchi shakli bo’lib xizmat qiladi. Temir saqlovchi fermentlar va hujayralarning porfirinsiz temiri mitoxondriyalarda saqlanadi, nafas va katalitik vazifalarni bajaradi, oksidlanish – qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadilar.
Kobavitni strukturasini shakllantiruvchi element hisoblangan kobalt mikroele­men­ti organizmda o’ta muhim ro’l o’ynaydi. U oqsil, yog’va uglevodlar almashinuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, organizmda A, C va K vitaminlari, shuningdek V guruhi Vita­minlarining to’planishiga yordam beradi, oqsillar, nikotin kislotasi, peridoksin va NAD sintezini kuchaytiradi. Antioksidant tizimining fermentlarini faollashti­radi, asosiy almashinuvni, to’qima nafasi jarayoni va azot almashinuvini yaxshilaydi. Uning ta’siri ostida mineral almashinuvi oshadi, shu jumladan temir, kaltsiy va fosforning o’zlashtirilishi ham kuchayadi.
Kobalt, temir va mis ishtirokida, qon xosil qilish tizimining faolligini ahamiyatli oshiradi. Bunda kobalt eritrositlar hosil bo’lish jarayonini rag’batlantiradi, suyak ko’migining qon xosil qiluvchi xususiyatlariga bevosita ta’sir etadi, protoporfirining sintezini boshqaradi va shu orqali gemoglabinning sintezini tezlashtiradi. Eritro­poetin xosil bo’lishini rag’batlantiradi, retikulositlarning miqdorini oshiradi, suyak ko’migining giperplaziyasini chaqiradi, suyak sariq ko’migini qizil suyak ko’migiga aylanishiga va qon yaratilish ekstramedulyar o’choqlarini paydo bo’lishiga yordam beradi.
Glutamed tarkibiga kiruvchi mis qon xosil bo’lish, osteogenez, pigmentasiya va keratizasiya jarayonlari uchun zarurdir. Misning ro’li uni qator fermentlat va oqsillar qurilishidagi ishtiroki bilan belgilanadi. U biologik oksidlanish va ATF generasiyasi jarayonlarida, biriktiruvchi oqsillarni (kollagen va elastin) sintezini, tizmli va xujayra metabolizmini boshqaradi, glikoliz va to’qima nafasini faollashtiradi. Mis eritrositlar va jigarning murakkab oqsillari tarkibiga kiradi, temirni gemm tarkibi­ga kiritilishini katalizlaydi, eritrositlarning erta bosqichlar­dagi rivojlanishiga yordam beradi.
Qondagi xolesterin darajasini kamaytiradi va elastinning ko’ndalang bog’lanishi uchun zarur bo’lgan desmozin va izodesmozin sintezida ishtirok etishi xisobiga aorta devorlarining emirilishini bartaraf qiladi. Mis ta’sirida organizmda A va E, V guruhi vitaminlarining to’planishi yuz beradi, yog’almashinuvi, shu jumladan fosfoli­pidlar sintezi va uglevodlar almashinuvi normallashadi, organizmning immunobio­logik barqarorligi oshadi.
Ferrokomedning hamma uch komponentini tarkibi hisoblangan glutamin kislotasi atsetilxolin sinteziga, kaliy ionlarining tashilishiga yordam beradi, bosh miyaning oq va kulrang moddalaridagi oqsil va karbon suvlar almashinuvida ishtirok qiladi, bosh miya faoliyatini energiya bilan ta’minlanishida, folat kislotasini (pteroilglutamin kislota­si) biosintezida muxim ro’l o’ynaydi. Miya to’qimasining hujayralarida amalga oshuvchi va ATF ko’rinishida to’planuvchi energiyani chiqarilishi bilan kechuvchi oksidla­nish – qaytarilish jarayonlarida muhim ro’l o’ynaydi, neyromediator funtsiyasini bajaradi va boshqa­lar.
Glutamin kislotasining asosiy faoliyatlaridan biri azot almashinuvi jarayonida ishtirok etishi hisoblanadi. U ammiakning zararsizlantirilishi va buyrak­lar orqali chiqarilishiga yordam beradi. Ammiakning bog’lanishi va zararsizlantiri­lishi MNT normal faoliyatida muhim ro’l o’ynaydi.
Kobavitning tarkibiga kiruvchi vitamin U muhim biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etib, organizmdagi metabolitik jarayonlarda: metil guruhini qaytuvchan o’tkazilishi, sulfat guruhini qaytuvchan o’tkazilishi, amin guruhini qaytuvchan o’tkazilishida asosiy ro’l o’ynaydi. Detoksikasion, regenerasiya qiluvchi, antioksidant xususiyatlariga ega. Metil guruhini qaytuvchan o’tkazilishi ­reaktsiyalarida hujayra membranasining fosfolipidlari, neyrotransmitterlar, nuklein kislotalari, oqsillar, gormonlar va boshqalarning sintezi uchun zarur bo’lgan metil guruhlarining donori funtsiyasini bajaradi, shuningdek radikallar va qator ekzo – va endogen tabiatli toksik birikmalarni metil guruhini qaytuvchan o’tkazilishi orqali, ularni zaxarli bo’lmagan shakllarga aylantiradi.
U vitamini ta’siri ostida gepatositlar­dagi endogen fosfatidilxolinning sinte­zini normallashuvi, membranalarning regenera­tsiyasini tiklanishiga, ularning oquvchan­ligini va qutblanishini oshishiga yordam beradi, va natijada jigar faoliyati tiklanadi va faollashadi. U shuningdek konyugasiyalanish jarayonlarini faollashtirish orqali gepatositlardagi o’t – safro kislotalarining toksikligini kamaytiradi, lipotrop ta’sirga ega, shu tufayli jigarning yog’li distrofiyasini oldini oladi, hamda antigistamin va antiaterosklerotik xususiyatlarini namoyon qiladi.
Preparatning tarkibiga kiritilgan kobalt va misning biomajmuasi nafaqat o’zining qon yaratish faolligiga ega, balki shuningdek ta’sirining sinergik samarasi tufayli, o’zaro qon yaratish faolligini kuchaytiradi, temirning tez va samarali o’zlashtirilishini ta’minlaydi (Ferrokomedning tarkibida bo’lgan temirning ham, ovqat maxsulotlaridagi temirning ham), temirning gemoglabinning sintezi jarayoniga kiritilishiga yordam beradi, suyak ko’migining faoliyatini faollashtiradi. Preparat shuningdek to’qima temirining gemoglabin tarkibiga kiritilishiga yordam beradi. Ferrokomedning ta’siri ostida qisqa muddatlarda ferritin ko’rinishidagi temir zaxirasining jadal oshishi kuzatiladi.
Ferrokomedning shu xususiyatlari tufayli gemoglabinning darajasini, eritrosit­lar va retikulositlarning sonini erta va yuqori o’sishi kuzatiladi. Shuningdek qisqa muddatlarda astenizasiya simptomlari (umumiy xolsizlik, tez toliqish, terlash va boshqa­lar) ham o’tib ketadi.
Ferrokomed «ta’siridan so’ngi samara»ga ega bo’lib, buning natijasida davolash kursi tugagandan so’ng xam gemoglabinning miqdori va eritrositlarning sonini oshib borishi kuzatiladi. Bu o’z navbatida temirning o’zlashtirilishi va almashinuvi jarayon­lari­ga jalb qilinishiga ma’sul bo’lgan, Ferrokomed ta’sirida indusiya qilingan endogen tizimlari preparatni qabul qilish to’xtatilgandan keyin ham faollashgan holatda saqlanib qolishining oqibati hisoblanadi.
Preparat temir tanqisligi holatlari uchun xarakterli bo’lgan oqsil almashinuvi jarayonlarining buzilgan bosqichlarini samarali tiklaydi va buning oqibatida u dis – va gipoproteinemik xarakterdagi xolatlarni paydo bo’lishini oldini oladi yoki ularning yo’qolishiga yordam beradi.
Preparat tarkibiga kiruvchi temir deyarli to’liq o’zlashtiriladi, va buning oqiba­tida Ferrokomed qabul qilinganida axlatning qorayishi va dispeptik holatlar kuzatil­maydi.
Ferrokomed uzoq qo’llangan hollarda me’dani va ingichka ichakni shilliq qavat­lari­ga qitiqlovchi va eroziv ta’sir ko’rsatmaydi va qon yaratish a’zolarining faoliyati­ga ham susaytiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.
Preparat immunmodulovchi samaraga ega, bu immuntanqisligi holati bilan birga kechuvchi kamqonlikning og’ir va uzoq surunkali shakllarida muhim ahamiyatga ega.
Qo’llanilishi
Preparat xar qanday genezli temir tanqis ligi anemiyalarida, aralash genezli anemiyalarda (vitamin V12, folat kislotasi va temir tanqisligi) va surunkali postgemorragik anemiyalarda qo’llanadi.
Qo’llash usuli va dozalari
Preparatni ichga qabul qilinadi, ovqatdan 0,5-1 soat oldin (me’da – ichak yo’llarining kasallik­lari bo’lgan bemorlarga ovqatdan keyin), suv bilan birga quyidagi sxema bo’yicha qo’llanadi:
Nojo’ya ta’sirlari
Preparat yaxshi o’zlashtiriladi. Juda kam xollarda engil ko’ngil aynishi bo’lishi mumkin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar
Preparatni organizmda temirning miqdorini oshishi bilan ifodalanuvchi xolat­lar­da (gemolitik anemiya, gemosideroz, gemoxromatoz), preparatga yuqori sezuvchanlikda qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
So’rilishining yomonlashishi tufayli, tetrasiklin qatori preparatlarni Ferro­ko­­med bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Maxsus ko’rsatmalar
Inson organizmida temir, kobalt va mis etishmovchiligida anemiyani turli shakl­lari­ni rivojlanishiga olib keluvchi eritropoez jarayoni susayadi. Fagositoz, tabiiy killerlarning faolligi kamayadi va bu esa organizmning tashqi muxitning zararli ta’sir­lariga bo’lgan qarshiligini (umumiy rezistentlikni) zaiflashishiga olib keladi, zardobning bakterisid xossalari pasayadi. Bundan tashqari, misning endogen etishmovchi­ligida o’sish jarayoni sekinlashadi, gipotrofiya, aorta elastinining degenerativ o’zga­rish­lari, pigmentasiya va me’da – ichak buzilishlari, eritrositlarni parchalanishining tezlashishi kuzatiladi, qator donador leykositlarning etilishi to’xtaydi. Misning surun­kali etishmovchiligida esa skeletdagi o’zgarishlar (raxitda kuzatiladigan holat­lar­­ga o’xshash) bilan kechuvchi osteogenezning buzilishi, uzun suyaklarning oxirlarini emirilishi yuz beradi.
Ferrokomedning qo’llash bo’yicha yo’riqnomasida ko’rsatilgan dozalash tartibiga rioya qilinganida, preparat odam organizmining nafaqat temirga, balki kobalt va mis kabi hayotiy muhim mikroelementlariga bo’lgan sutkalik ehtiyojini to’liq qondiradi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo’llanilishi
Ferrokomed bezarar dori vositalari guruhiga kirganligi tufayli laktasiya va xomiladorlik davrida, shu jumladan xomiladorlikning birinchi uch oyligida ham qo’lla­nilishi mumkin, bundan xomiladorlik toksi­kozi davri mustasno.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ferrokomedning avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o’tkazilmagan
Dozani oshirib yuborilishi
Ferrokomed bezarar vositalar gruxiga mansub bo’lganligi sababli, uning dozasini oshirib yuborish xisobga kelib chiqishi mumkin bo’lgan intoksikasiya xolatining extimo­li­ya­­ti nihoyatda kam.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug’likdan himoyalangan joyda, 25o C yuqori bo’lmagan haroratda va bola­lar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroqlilik muddati o’tganidan keyin qo’llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo’yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«A.B.-BIOKOM» MCHJ
Buklet
ko'rsatma
koglumet preparati xaqida qisqacha prezentatsiya
Anteanemiyaga qarshi dorilarning yangi avlodi
BOSHQA DORILAR
MChJ "A.B.-BIOKOM" Barcha huquqlar himoyalangan.