Kobavit
Preparatning savdo nomi: Kobavit
Ta`sir etuvchi modda: Kobavit – kobaltning glutamin kislotasi va vitamin U bilan kompleks birikmasidur.
Chiqarilish shakli: Tabletkalar0,005 g va 0,01 g dan blisterlarda va flakonlarda.
Farmakoterapevtik guruhi: Gepatoprotektorlar. Eritropoezni rag`batlantiruvchi vositalar. Yaraga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari

Kobavitning yuqori darajali klinik samarasi bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining xususiyatlari, shuningdek ularning endogen faolligini sezilarli orttiradigan yagona tarkib – biokompleksga birikkanligi bilan belgilanadi.
Kobavitning tarkibiga struktura shakllantiruvchi element sifatida kiritilgan kobalt xayotiy zaruriy mikroelement bo`lib, organizmda o`ta muhim rolni bajaradi. U oqsil, yog` va karbon suvlar almashinuviga ijobiy ta`sir qiladi, organizmda A, C va K vitaminlari, shuningdek B guruhi vitaminlarining to`planishiga yordam beradi, nikotin kislotasi, peridoksin va NAD sintezini kuchaytiradi. Kobaltning ta`sirida antioksidant tizimining fermentlari faollashadi, asosiy almashinuv kuchayadi, to`qima nafasi yaxshilanadi.

Qo`llanilishi
Gepotoprotektor vosita sifatida turli genezli o`tkir va surunkali gepatitlarda (shu jumladan virusli, reaktiv), jigar sirrozida; postgepatit gepatomegaliyada, homiladorlikdagi gepatopatiyada, xamda turli gepatotoksik preparatlar bilan bog`liq bo`lgan gepatopatiyalarda, jigarning turli etiologiyali toksik shikastlanishlarida, shu jumladan alkogolli, dorili (antibiotiklar, o`smaga, tuberkulozga va viruslarga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, peroral kontraseptivlar va boshqalarni qo`llash oqibatidagi); surunkali HBs- antigen tashuvchanlikda ham qo`llanadi.
Antianemik vosita sifatida temir yetishmovchiligi bilan bog`liq bo`lgan (gipoxrom anemiyada, homiladorlar va emizuvchi onalar anemiyasida, bolalardagi alimentar tabiatli anemiyada) vitamin B12 tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan anemiyada, aralash genezli anemiyada, toksik moddalar va dori preparatlari chaqirgan anemiyalarda, gipoplastik va postgemorragik anemiyalarda qo`llanadi.
Sitoprotektor va yaralarning bitish muddatlarini tezlashtiruvchi preparat sifatida me`da va o`n ikki barmoq ichak yarasida qo`llanadi. Preparat shuningdek gastroduodenal yaralari bo`lgan bemorlarda turli operativ aralashuvlardan keyin uzoq muddatlarda paydo bo`ladigan asoratlarni davolashda ham qo`llanadi.
Buklet
ko'rsatma
yog'li gepatoz
Kobavit- gepotoprotektor sifatida qisqacha prezentatsiya
Kobavit-chaqaloqlar kam qonligini davolovchi antianemik preparat sifatida qisqacha prezentatsiya
kobavit-me'da ichak yaralarini davolovchi sifatida qisqacha prezentatsiya
Kobavit-yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar anemiyasida yuqori gematopoetik faollikka ega dori
Kobavit-oshqozon yarasini davolashda patogenetik asoslangan vosita
BOSHQA DORILAR
MChJ "A.B.-BIOKOM" Barcha huquqlar himoyalangan.