Koglumet
Preparatning savdo nomi: Koglumet
Ta’sir etuvchi modda: Koglumet – kobaltning glutamin kislotasi va vitamin U bilan kompleks birikmasidir.
Chiqarilish shakli: Tabletkalar, 0,005 g dan blisterlarda va flakonlarda.
Farmakoterapevtik guruxi: Immunmodul­lovchi va viruslarga qarshi vosita (sitokinlar induktori)
Farmakologik xususiyatlari
Koglumetning yaqqol klinik samarasi uning tarkibiy qismlari­ni xususiyatlari, shuningdek ularning endogen faolligini sezilarli ortiradigan yagona tarkib – biokompleksga birikkan­ligi bilan belgilanadi.
Koglumetning tarkibiga struktura shakllantiruvchi element sifatida kiritilgan kobalt xayotiy zarur mikroelement bo’lib, organizmda o’ta muӽim rolni bajaradi. U oqsil, yog’va karbon suvlar alamashinuviga ijobiy ta’sir qiladi, organizmda A, S va K vitaminlari, shuningdek V guruxi vitaminlarining to’planishiga yordam beradi, nikotin kislotasi, piridoksin va nikotin adenin dinukleotid sintezini kuchaytiradi. Kobaltning ta’sirida antioksidant tizimining fermentlari faollashadi, asosiy modda almashinuvi kuchayadi, to’qima nafasi yaxshilanadi. Kobalt mineral almashinuvini, shu jumladan organizm tomonidan temir, kaltsiy va fosforning o’zlashtirilishini ӽam yaxshilaydi.
Kobalt immunogenez jarayonining muhim omilidir. U komplement tizimini va antitelo ӽosil bo’lish jarayonlarini faollash­tiradi, umumiy rezistentlikni orti­shiga olib keladi, va oqibatda organizmning turli infek­tsiyalarga bo’lgan qarshiligi oshadi.
Koglumetning tarkibiga kiruvchi vitamin U transmetillanish, transsulfatlanish, trans­amin­lanish kabi muhim biokimyoviy jarayon­larda faol ishtirok etishi orqali metabolik jarayonlarda etakchi rol o’ynaydi. Detoksikasion, regenerasiya­lovchi, antioksidant xossalariga ega. Transmetil­lanish jarayonlarida ishtirok etib, ӽujayra membranasining fosfolipidlari, neyrotransmitterlari, nuklein kislotalari, oqsillar, gormonlar va boshqa moddalarning sintezi uchun zarur bo’lgan metil guruxlarining donori vazifasini bajaradi, shuningdek radikallar va qator ekzo – va endogen tabiatli toksik birikmalarni metillash yo’li bilan ularni zaxarli bo’lmagan shakllarga aylantiradi.
Vitamin U endogen fosfatidilxolinning sintezini normallashuviga, membranalarning regenerasiyasini tiklanishiga, ularning oquvchanligini va qutblanishini oshishiga yordam beradi, natijada hujayraning faoliyati tiklanadi va faollashadi. Kon’yugasiyalanish jarayonlarini faollashtirishi orqali gepatositlardagi o’t-safro kislotalarining toksikligini kamaytiradi. Lipotrop ta’sirga ega, shuning uchun jigarning yog’li distrofiyasini oldini oladi, antigistamin va antiateroskle­rotik xususiyatlarni namoyon etadi.
Koglumet tarkibiga kiruvchi glutamin kislotasi atsetilxolin sinteziga, kaliy ionlarini tashilishiga yordam beradi, bosh miyaning oq va kulrang moddasini oqsil va karbon suvlar almashinuvida ishtirok etadi. U miya to’qimasining hujayralarida ATF ko’rinishida energiyani ӽosil bo’lishi bilan kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida muhim rol o’ynaydi, neyromediator vazifasini bajaradi.
Glutamin kislotasining muӽim xususiyatlaridan biri, uni azot almashinuvi jarayonlari­dagi ishtirokidir. U ammiakning zararsizlan­tirilishi va buyraklar orqali chiqarilishiga yordam beradi. Ammiakni bog’lab olish va uni zararsizlantirilishi Markaziy nerv tizimining normal faoliyatida, shu jumladan entsefalopatiyani oldini olishda yoki uni davolashda muhim rol o’ynaydi.
Koglumet umuman olganda gepatoprotektor, Antiparazitar, mikroblarga qarshi ta’sirlarga ega, va shuningdek yaqqol immunomodulyator, viruslarga (tsitokinlar induktori), xlamidiya va toksoplazmaga qarshi ta’sirlarga ega.
Preparat ham hujayra, ham gumoral immun javoblarining induktori xususiyatini namoyon qiladi.
Koglumet ta’siri ostida qisqa muddatlarda samarali immun javobiga erishiladi. Preparat T – va V-limfositlarni birlashishini rag’batlantirish yo’li bilan antitelolarni xosil qiluvchi ӽujayralarni ko’payishiga yordam beradi.
Koglumet interleykinlarni indusirlovchi mexanizmlar orqali V-limfositlarning o’sishi va differentsirlashuviga olib keladi, makrofaglar va T-limfositlarni faollashtiradi, alohida sinf immunoglobulinlarning hosil bo’lishini induktsiyalaydi.
Preparat ta’sirida immunkompetent hujayralarning ko’payishini faollashtiruvchi markerlarga ega bo’lgan limfositlarning soni sezilarli oshadi.
Koglumet immunositlarda kechadigan ichki hujayra jarayonlariga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, shu orqali ularni tez etilishiga va spesifik reseptor molekulalarni sinteziga yordam beradi.
Preparat turli immunopatologik hollarda o’zak hujayralarining proliferasiyasiga stimullovchi ta’sir ko’rsatadi.
Koglumet immun javobida antigenlar raqobatini bartaraf qilish xususiyatiga ega va buning natijasida poliantigenlarning har bir turiga nisbatan yaqqol immunitetni shakllani­shiga olib keladi.
Preparat yuqori va davomiy interferon induktsiyalovchi va interleykin induktsiyalovchi faolligi orqali viruslarga qarshi xususiyatlarni namoyon qiladi. Uning ta’siri ostida «ertangi» interferon sintezi kuzatiladi.
Preparat surunkali gepatit bilan xastalangan bemorlarda (shuningdek virus tashuvchanlik bilan kechuvchi) V va S gepatiti viruslariga nisbatan seronegativ reaktsiyalarini kelib chiqishiga olib keladi, bilirubinni yuqori darajasini va jigar fermentlarining faolligini pasayishiga olib keladi, kattalashgan jigar o’lchamlarini samarali qisqartiradi, jigarning antitoksik xossalarini kuchaytiradi.
Preparatni xlamidiozi bo’lgan bemorlarni majmuaviy davolash tarkibiga qo’shilishi organizmni tez va to’liq sanasiya qilinishiga olib keladi.
Koglumetni OITV bilan infektsiyalangan va OITS bilan xastalangan bemorlarda monoterapiya preparati sifatida yoki ARVT preparatlari bilan birgalikda qo’llanilganda asosiy kasallikning klinik ko’rinishini barqarorlashuviga, immunologik ko’rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishiga, ӽamda opportunistik infektsiyalarga boG’liq bo’lgan yo’ldosh kasalliklarning (gepatitlar, kamqonlik, TORCH-infektsiyalar va boshqalar) jadal regressiyasiga olib keladi.
OITV bilan infektsiyalangan va OITS bilan xastalangan bemorlar tomonidan preparatni qAbul qilinishi bemorlarning umumiy ӽolatini, uyqusini va ishtaxasini yaxshilaydi, xayotga bo’lgan qiziqishini, ish qobiliyatini oshiradi, va shu yo’l bilan bemorlarning ӽayot sifatini yaxshilaydi. Koglumetni ARVT preparatlari bilan birgalikda qo’llanilishi ARVT preparat­lariga xos bo’lgan salbiy ta’sirlarni sezilarli kamayishiga va zararli ta’sirlarini oldini olinishiga olib keladi.
SARS-CoV-2 bilan og’rigan bemorlarda koglumetning qo’llanilishi laborator va instrumental uslub ko’rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi bilan davom etadi.
Koglumet ta’sirida, koronovirus infektsiyali bemorlarda, tana xaroratining mo’tadillashuvi, nafas olish va yurak ritmlarining nomallashuvi yoki sezilarli yaxshilanishi qisqa muddatlarda kuzatiladi. Koglumet, kasallikning oG’irlik darajasiga qArab, COVID-19 bilan oG’riganlarda virusli pnevmoniyaning yaQQollik darajasini sezilarli kamayishiga yoki regressiyasiga olib keladi. Preparat ta’sirida SARS-CoV-2 ga nisbatan bo’lgan yuqori immun javobi qisqa muddatlarda shakllanadi.
Koglumet COVID-19 bilan og’riganlarning umumiy ӽolatini sezilarli yaӽshilaydi. Oqibatda qisqa muddatlarda uyqu va ishtaxani normallashuvi, faollikni ortishi kuzatiladi
Qo’llanilishi
Immunmodullovchi vosita sifatida:
– Ikkilamchi immuntanqislik holatlari: o’tkir, surunkali va qaytallanuvchi infektsiyalar va infektsion-yalig’lanish kasalliklari;
– Teri kasalliklari: psoriaz, allergoder­matozlar, o’rab oluvchi temiratki;
– Virusli, bakterial va zamburug’etiologiyali urogenetal infektsiyalar: ureomikoplazma etiologiyali surunkali uretrit, kolpit va mikotik etiologiyali surunkali endoservisit, bakterial vaginoz, xlamidiyali-bakterial etiologiyali surinkali uretrit va boshqalar;
Virusga qarshi vosita (tsitokin induktsiyalovchi) sifatida:
– Parazitar etiologiyali kasalliklar, toksoplazmoz, xlamidioz;
– surunkali V, S gepatitlar;
– SMV;
– Gerpes;
– OITV bilan infektsiyalanish va OITS;
– Coronaviridae oilasi, shu jumladan SARS-CoV-2 bilan boG’lik virusli kasalliklarda
Qo’llash usuli va dozalari
Ichga. Preparat kasallikning nozologik shakliga ko’ra, monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida, ovqatdan 30-60 minut oldin buyuriladi.
Koglumetni immunmodullovchi sifatida qo’llanilishi:
– ikkilamchi immuntanqislik holatlarida 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta 10-15 kun davomida buyuriladi;
– teri kasalliklarida va bakterial, virus va zamburug’etiologiyali urogenetal infektsiya­larda 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta 14 kun davomida buyuriladi.
Koglumetni virusga qarshi (tsitokin indusirlovchi) vosita sifatida qo’llanilishi:
– surunkali V va S gepatitlarida 1 Tab­let­kadan kuniga 2 yoki 3 marta 2 oygacha;
– surunkali hujayra ichki infektsiyalarida (TORCH-infektsiyalar): tsitomegalovirus, gerpes infektsiya (oddiy va o’rab oluvchi gerpes), toksoplazmoz va xlamidiozda 1 tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta buyuriladi. Davolash kursi 1 oygacha davom etadi.
Zaruriyat tug’ilganda davolash muddatlari uzaytiriladi yoki qo’shimcha davo kurslari belgilanadi. Davo kurslari orasidagi muddat 1 oydan oshmasligi kerak.
– OITV bilan infektsiyalanishining barcha bosqichlarida qo’llaniladi. OITV infektsiya­sining boshlanG’ich bosqichlarida koglumet monoterapiya sifatida qo’llaniladi. Inson ITV infektsiyasining avj olib boruvchi bosqichlarida, xamda «OITV/tuberkulez» va «tuberkulez /OITV» shaklidagi miks-infektsiya­larida ARVT preparatlarini koglumet bilan birgalikda qo’llash kerak.
OITV infektsiyalanish va Oitsdagi dozalar va davoning davomiyligi: 1 Tablet­kadan kuniga 2 marta, yo’ldosh jigar, kamqonlik va tuberkulez kasalliklarida esa – 1 tabletkadan kuniga 3 marta. Davoning davomiyligi 6 oydan kam bo’lmasligi, davo kurslari orasidagi muddat esa 3 oydan ortmasligi kerak.
– Coronaviridae oilasi, shu jumladan SARS-CoV-2 bilan boG’liq virusli kasalliklarda 2 tabletkadan kuniga 3 marta. Zarur ӽolatlar­da dozalash oshirilishi mumkin: 4 tabletkadan kuniga 2 marta. Davolash muddati 15 kundan 30 kungacha.
Nojo’ya ta’sirlari
Preparat yaxshi o’zlashtiriladi. Biror bir salbiy ta’siri aniqlanmagan.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparat komponentlariga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Koglumetning bazis terapiya preparatlari bilan o’zaro nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.
Maxsus ko’rsatmalar
Koglumet aralash immun javobi induktori xususiyatlarini namoyon qiladi: nisbatan engil immuntanqisliklarida pereparat ta’sirida hujayra immunitetining (Tһ1 tur) faolla­shuvi, nisbatan oG’irroq immuntanqisliklarida esa immunitetning gumoral turining (Tһ2) nisbatan kuchliroq faollashuvi kuzatiladi.
OITV bilan infisirlanganlarda preparat qAbul qilinishidagi tanafuslar koglumetga nisbatan rezistentlikni keltirib chiqarmaydi.
Homiladorlik, laktasiya davrida va bolalarda qo’llanilishi
Koglumet kam toksik dori vositalari guruhiga kirganligi tufayli laktasiya va xomiladorlik davrida, shu jumladan xomiladorlikning birinchi uch oyligida ham qo’lla­nilishi mumkin, bundan xomiladorlik toksi­kozi davri mustasno.
Preparat ikki va undan katta yoshdagi bolalarda qo’llanishi mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ferrokomedning avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o’tkazilmagan
Dozani oshirib yuborilishi
Koglumet kam toksik vositalar gruxiga mansub bo’lganligi sababli, uning dozasini oshirib yuborish xisobga kelib chiqishi mumkin bo’lgan intoksikasiya xolatining extimo­li­ya­­ti nihoyatda kam.

Chiqarilish shakli
Tabletkalar, blister yoki flakonlarda, tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug’likdan himoyalangan joyda, 25o C yuqori bo’lmagan haroratda va bola­lar ololmaydigan joyda saqlansin

Yaroqlilik muddati
3 yil.Yaroqlilik muddati o’tganidan keyin qo’llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo’yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«A.B.- BIOKOM» MCHJ
buklet
ko'rsatma
Sars-Cov-2
koglumet preparati xaqida qisqacha prezentatsiya
Koglumet sog'liqni saqlash qo'riqchilari (immunomodulyator antiviral vosita)
BOSHQA DORILAR
MChJ "A.B.-BIOKOM" Barcha huquqlar himoyalangan.