Kompaniya haqida
MChJ ``A.B.-BIOKOM``

MChJ ``A.B.-BIOKOM``-milliy farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasi, 1996 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Missiya

Samaradorlik, ishonchlilik, sifat, ochiqlik va halollik kabi qadriyatlarga ega global kompaniya bo'lish.

Sifat

Kompaniya sifatni butun faoliyatining asosiy natijasi deb biladi.

Qiymatlar

Kompaniyaning barcha ishlari quyidagi qiymatlarga asoslanadi:

``A.B.-BIOKOM`` MChJ-innovatsion kompaniya.

Hozirgi kunda korxona O`zbekiston Respublikasining 7 ta patentiga ega bo`lib, ularda 10dan ortiq yangi yuqori samarali davolash va profilaktika xususiyatlariga ega bo`lgan moddalarning kimyoviy formulalari himoya qilingan.

 

MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasining innovatsion ishlanmalarining asosiy maqsadi amaliy tibbiyotning barcha talablariga javob beruvchi mutloq yangi original preparatlarni yaratish va ularni amaliyotga kiritish bo`lib hisoblanadi. Bu konsepsiyaning muhim tomonlari quyidagilardan iborat:
1. Korxonada yaratilgan preparatlar yuqori o`ziga xos faolikka ega, bezarar va nisbatan arzon bo`lishi kerak;
2. Preparatlar keng doiradagi terapevtik faollikni namoyon etishlari kerak;
3. Preparatlar o`z farmakoterapevtik effektlarini qisqa muddatlarda namoyon qilishlari kerak;
4. Preparatlarning ta`sir mexanizmlari organizmning tabiiy ximoya tizimini tiklash va barqarorligini orttirishga qaratilgan bo`lishi kerak.

Yuqorida keltirilgan MChJ “A.B.-BIOKOM”ning innovatsion ishlanmalar konsepsiyalarining majmuasi korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning yuqori darajadagi raqobatbardoshligini belgilaydi.
MChJ “A.B.-BIOKOM” konsepsiyalaridan kelib chiqgan holda jamiyat mutaxassislari tomonidan 5ta original dorivor preparatlar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi – Kobavit, Ferrokomed, Koglumet, Glutamed va Tirostimulin.
Korxona tomonidan yaratilgan xar bir dori vositasi o`zining yuqori farmakoterapevtik xususiyatlari va shu guruhga mansub bo`lgan boshqa preparatlardan yuqori samaradorligi jihatidan ajralib turishi v ba`zilari o`zining ta`sir mexanizmi bo`yicha analogga ega emasligi bilan ajralib turadi.
MChJ “A.B.-BIOKOM” malakali mutaxassislar, ilmiy va moddiy-texnik resurslarga ega bo`lib, ular yangi original preparatlar ustida doimiy ravishda ilmiy ish olib borish va ishlab chiqarish imkonini beradi.
2019 yilga qadar MChJ “A.B.-BIOKOM”ning faoliyati yangi formulalar yaratish, ularni patentlash, tibbiyot amaliyotiga kiritish va innovatsion preparatlarning substansiyalarini ishlab chiqarish bilan chegaralangan edi. So`nggi maxsulot (dorivor shakllar) autsorsing bitimi asosida boshqa farmatevtik korxonalarda ishlab chiqarilar edi.
2015 yilda korxonaning raxbariyati tomonidan mavjud bo`lgan ishlab chiqarish maydonlari bilan bir qatorda “nol sikli” bo`yicha ishlovchi va xalqaro standartlarga javob beruvchi farmatevtika zavodini qurish qarori qabul qilindi. Zavod qurilishi va ishga tushirilishi Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish davlat dasturiga kiritildi. Qurilish ishlari 2016 yilning mart oyida boshlanib, 2018 yilning oktyabr oyida tugatildi.
MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasi investitsiya loyixasi asosida Xitoy va Turkiya davlatlaridan zamon talablariga javob beradigan ishlab chiqarish qurilmalarini va laboratoriya asboblarini olib keldi. Zavod binosida ishlab-chiqarishga mo`ljallangan bir qator bo`limlar mavjud bo`lib, ularda tabletka, kapsula, surtma va kukunsimon dori vositalarini ishlab chiqarish tashkillashtirilgan. Bundan tashqari sifat nazorati laboratoriyasi, xomashyo va tayyor maxsulotlar omborlari, qadoqlash bo`linmalari ham mavjud. Ishlab-chiqarish sharoitlari GMP xalqaro standarti talablariga javob bera oladi.
Hozirgi kunga kelib, korxona tomonidan patentlangan substansiyalar va 4 original dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Undan tashqari yangi original preparatlar va jenerik dori vositalarini ishlab-chiqarish masalalari bo`yicha faoliyat olib bormoqdalar.
Korxona qoshida “Tibbiy vakillar” bo`limi mavjud. Bo`limning vazifasi tibbiyot xodimlarini korxonaning tibbiyot amaliyotiga kiritgan yangi preparatlari, ularning ta`sir mexanizmlari va qo`llash uslublari bilan atroflicha tanishtirish bo`lib hisoblanadi.

Bundan tashqari amaliyotga kiritilgan preparatlarning samaradorligi haqida shifokorlar va iste`molchilarning fikrlarini o`rganish maqsadida korxonada farmakonazorat tizimi joriy etilgan.

MChJ “A.B.-BIOKOM”ni ustuvor maqsadi
Effektivlik, ishonchlilik, sifat, ochiqlik va xalollik kabi doimiy qadriyatlarga ega bo`lgan xalqaro korxona bo`lish.

MChJ “A.B.-BIOKOM”ni taraqqiyot strategiyasi
1. Yuqori faollikga ega bo`lgan yangi preparatlarning formulalari ustida tizimli va ilmiy jihatdan asoslangan izlanishlarni olib borish
2. Axolini keng assortimentli, sifatli, raqobatbardosh milliy preparatlar bilan muntazam va maksimal miqdorlarda ta`minlab borish orqali O`zbekiston Respublikasi ichki farmatevtik bozoridagi importga nisbatan bo`lgan qaramlikni kamaytirib borish
3. Yuqori samaradorli texnologik uskunalariga investitsiya kiritish, ishlab-chiqarishning ilg`or uslublarini joriy etish orqali xalqaro andozalarga javob beruvchi ishlab-chiqarishni tashkillashtirish
4. Korxonaning eksport patensialini muntazam ravishda orttirib borish orqali milliy farmatevtik sanoatning jahon bozoridagi mavqeini kuchaytirib borish

MCHJ “A.B.-BIOKOM” korxonasining qadriyatlari
Korxonaning barcha ishlari quyidagi qadriyatlarga asoslangan

Innovatsiyalar

MChJ “A.B.-BIOKOM” uchun innovatsiyalar rivojlanishning asosiy omili hisoblanadi. Buning uchun korxonaning olimlari va mutaxassislari jahon farmatevtik sanoati rivojlanish tendensiyalarini (1), ishlab-chiqarilayotgan maxsulotlar sifatini yanada yaxshilash (2), mutaxassislarning ilmiy saviyasi va amaliy ko`nikmalarini mukammalashtirish (3), ishlab-chiqarish jarayonining barcha soxalariga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish (4) masalalarini muntazam ravishda o`rganib boradilar va taqriz qiladilar.

Sifat

Korxona sifat ko`rsatkichini o`zining barcha xarakatlarining oxirgi va asosiy mezoni sifatida qaraydi. Bizlar uchun sifat ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va qo`llanilayotgan jarayonlardan boshlanib, maxsulotni iste`mol qiluvchilar talablarini qondirish bilan tugaydi.

Jamoa mehnati

Korxona xar bir jamoa a`zosini umumiy ishga qo`shgan xissasini qadrlaydi. Umumiy maqsad bo`lgan – korxonaning samarali faoliyatiga yo`naltirilgan yakka tartibdagi va jamoaviy xarakatlarni yuqori baxolaydi.

Axloqiy me`yorlar

Korxona o`z maxsulotlarini savdosini ko`paytirish yoki boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan marketing usullari iste`molchilarning xuquqlarini buzmasligiga, reklama materiallarini xaqiqatga mos bo`lishiga e`tibor qaratadi.

Mulohaza

Doktorlar dorilar haqida fikirlari

You are so easy to work with and understand our aesthetic and direction so well.

Excellent team!!! 🏆
Парпиева Шахло КасимовнаВирусолог

You are so easy to work with and understand our aesthetic and direction so well.

Excellent team!!! 🏆
Парпиева Шахло КасимовнаВирусолог

You are so easy to work with and understand our aesthetic and direction so well.

Excellent team!!! 🏆
Парпиева Шахло КасимовнаВирусолог

You are so easy to work with and understand our aesthetic and direction so well.

Excellent team!!! 🏆
Парпиева Шахло КасимовнаВирусолог

You are so easy to work with and understand our aesthetic and direction so well.

Excellent team!!! 🏆
Парпиева Шахло КасимовнаВирусолог