Korxona raxbariyati tomonidan o`z xodimlarni professional bilim va maxoratini yuksaltirish, mijozlar bilan ishlash saviyasini oshirish uchun, hamda jamoada psixologik muhitni yaxshilash maqsadida turli hil o`quv kurslari, treninglar o`tqazish uchun alohida mablag` ajratiladi.
MChJ “A.B.-BIOKOM” korxonasining raxbariyati o`z jamoasining xam ruhan xam manan tetikligiga alohida e`tibor qaratadi. Chunki xar qanday mativatsiya xodimlarni funksional vazifalarini yuqori darajada bajarishlari uchun muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Xar bir xodim o`zini jamoaning ajralmas bo`lagi sifatida xis qilishi, Korxona uchun qadrli ekanligini sezishi uning samarali mehnat qilishining asosiy omili bo`lib hisoblanadi. Xar bir xodim ishga kelganda o`zini himoyalanganligini, Korxonaning muvaffaqiyati uning mehnati natijasiga bog`liqligini xis qilishi kerak.

Korxonada ishlash professional tajriba orttirish, xalqaro standartlarga mos ish mezonlarini o`rganish va jamoa a`zolari bilan bir oila sifatida faoliyat olib borish imkoniyatini beradi.
Korxona o`z xodimlariga martabalarini maksimal darajada o`stirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ularning ko`nikmalarini o`sish dinamikasi baxolanadi, ko`nikmalarning kuchli va zaif tomonlari, bilimlari, shuningdek proffesionallik darajasi baxolanadi. Agar xodim professional vazifasini muvaffaqiyatli bajarsa, mehnatiga yarasha lavozimi va martabasi oshib boraveradi. Shunga yarasha xodimning javobgarlik darajasi, maxorat talablari, vazifalarning murakkabligi avtomatik tarzda o`sib boradi. Bundan tashqari korxona xar bir xodim uchun bir bo`limdan ikkinchi bo`limga o`tish orqali samarali mehnat qilishi va o`z g`oyalari ustida ishlash imkoniyatini beradi.

Agar siz zamonaviy, jadal rivojlanayotgan korxonada ishlashga tayyor bo`lsangiz va kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lsangiz- biz sizni kutamiz!
O`z arizangiz va rezyumeyingizni biokom.uz@yandex.ru elektron manzilga yuborishingiz mumkin.

Bizning mahsulotlarimiz