Тиростимулин
Preparatning savdo nomi: Tirostimulin
Ta’sir etuvchi modda (XPN): tirostimulin – mis mikroelementining al’fa–ketoglutar kislotali kompleks birikmasi
Farmakoterapevtik guruhi: endokrin tizimi patalogiyasini davolash uchun vositalar
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi: faol modda: tirostimulin – 0,2%
yordamchi moddalar: karbomer (karbopol), natriy gidrookisid, tozalangan suv
Ta’rifi: och feruza-yashilsimon rangli, xidsiz, bir jinsli gel’
Farmakoterapevtik guruhi: endokrin tizimi patalogiyasini davolash uchun vositalar
Farmakologik xususiyatlari
Preparat mis mikroelementining al’fa-ketoglutar kislotasi bilan kompleks birik¬masi bo‘lib, ular alamashinuv jarayonlarida, shu jumladan qalqonsimon bezda kechadigan jarayonlarida muhim rol’ o‘ynaydilar.
Tirostimulin tarkibiga kiruvchi mis ӽayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan mikroelementdir.
Mis elementi osteogenez, pigmentasiya va keratizasiya jarayonlari uchun zarurdir. Bu element inson organizmida qon xosil qilish tizimining muhim komponentidir. Bunda mis temirning gemm tarkibiga qo‘shilishini kata-lizlaydi va eritrositlarning erta bosqich-lardagi rivojini jadallashtiradi.
Mis ta’siri ostida organizmda V guruxi ӽamda A va Ye vitaminlarining to‘planishi yuz beradi, karbon suvlar va yog‘larning, shu jum-ladan fosfolipidlarning almashinuvi normallashadi, organizmning immunobiologik barqarorligi ortadi.
Tirostimulin tarkibiga kiruvchi mis qator gormon va fermentlarning, shu jumladan tireoid gormonlar sintezida muӽim rol bajaruvchi transaminazalarning tuzilishi va faollashivida ishtirok etadi. Qalqonsimon bez gormonlari sintizida mis elektron tashuchisi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari mis yodinazalarni faolligini oshirish orqali yodni tirozil xalqasiga samarali birikishini ta’minlaydi. Misning bunday xususiyati xisobiga yodning o‘zlash¬ti¬rilishi va uning qalqonsimon bezda kechuvchi gormonogenez jarayoniga jalb etilishi kuchayadi.
Qo‘llanilishi
«Tirostimulin» geli
Qalqonsimon bezning yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi kasalliklarini davo-lash uchun qo‘llanadi:
– yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi diffuz bo‘qoq;
– autoimmunn komponentsiz va u bilan bo‘lgan gipo- va eutireoid bo‘qoq;
– aralash bo‘qoq;
– tugunli/ko‘p tugunli kolloid proliferatsiya-lanuvchi bo‘qoq.
«Tirostimulin» geli «Glutamed» preparati tabletkalari bilan birgalikda
Qalqonsimon bezning quyidagi kasallikla-rini davolash uchun qo‘llanadi:
– turli og‘lik darajasidagi diffuz bo‘qoq;
– qanqonsimon bez gipofunksiyasi;
– subklinik va manifest gipotireoz;
– autoimmun komponentli diffuz bo‘qoq;
– aralash bo‘qoq;
– tugunli/ko‘p tugunli kolloid proliferatsiya-lanuvchi bo‘qoq;
– gipotireoz bilan kechadigan autoimmun tireodit;
– birlamchi va spontan gipotireozda qo‘llani-ladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tirostimulin geli sirtga, qalqonsimon bez soӽasidagi teriga yupqa qilib taӽminan 1 gramm-dan, tyubikdan siqib chiqarishda taxminan 3-3,5 sm, kuniga 1 marotaba suriladi. Yengil, xech qanday kuchsiz gel so‘rilib ketguncha ishqalanadi.
Davolash kursi 15-30 kun. Zarurati bo‘lganda davolash kursi uzaytirilishi yoki qo‘shimcha davo kurslari belgilanishi mumkin.
«Tirostimulin» preparati gelini quyidagi sxema bo‘yicha «Glutamed» preparati tabletka-lari bilan birgalikda qo‘llash maqsadga muvo-fiqdir:
«Glutamed»ning 1 och-havorangli va 1 oq rang-li tabletkadan kuniga 2 marta yoki 2 och-havorang va 2 oq tabletkadan kuniga 1 marta ovqatdan 0,5-1 soat oldin buyuriladi. «Glutamed» prepa-rati bilan bir vaqtda «Tirostimu¬lin» prepara-ti geli yuqoridagi sxema bo‘yicha qo‘llanadi.
Ikkala preparat bilan olib borilgan davo-lash kursi 15-30 kun. Zarurati bo‘lganda davolash kursi uzaytirilishi yoki takroriy davo kurslari belgilanishi mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlari
Preparat individual ravishda qo‘llanganda ham, «Glutamed» preparati bilan birgalikda qo‘llangandam ham yahshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya ta’sirlari aniqlanmagan
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qalqonsimon bezning barcha tabiatli giper-funksiyasi, preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchan-likda qo‘llash mumkin emas
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Preparatni glutamed bilan birga qo‘llash yaqqol klinik samaraga erta erishishga yordam beradi, chunki bu preparatlar o‘zaro sinergis¬t-lar xisoblanadi.
Tirostimulin va glutamed orasidagi siner-gistik ta’sir ikkala preparatni tashkil qiluv¬chi komponentlarining qalqonsimon bezida kecha-digan, o‘zaro bog‘langan endogen garmonogenez¬ning turli bosqichlarini rag‘batlantirishi bilan bog‘liq.
Maxsus ko‘rsatmalar
Misning endogen yetishmovchiligida o‘sish jarayoni sekinlashadi, gipotrofiya, aorta elastinining degenerativ o‘zgarishlari, pig¬men-tasiya va me’da-ichak buzilishlari, eritro-sitlarning yemirilishini tezlashishi kuzati-ladi, organizmning fermentativ va gormonal faolligi pasayadi.
Misning surunkali yetishmovchiligida esa skeletdagi o‘zgarishlar (raxitda kuzatila¬digan ӽolatlarga o‘xshash) bilan kechuvchi osteogenez-ning buzilishi, uzun suyaklarning oxirlarini yemirilishi yuz beradi.
Preparat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan do‘zalar-da qo‘llanilganida inson organizmining hayot uchun muӽim mikroelement – misga bo‘lgan sut-kalik extiyojini to‘liq qondiradi.
Qalqonsimon bez gormonlarining biosintezi va ajralib chiqishidagi buzilishlar psixologik va jismoniy ravojlanishlarni orta qolishi, to‘qimalarning shakllanishi va markaziy nerv tizimini funksional yetilishidagi buzilish¬lar-ga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar natija¬sida organizmning kilorodni o‘zlashtirilishi¬dagi orta qolishlar, bradikardiya, teri soxa¬sida mukopolisaxaridlarni yig‘ilib qolishi, qonda lipidlar va xolesterin miqdorlarini ortib ketishi, gipotermiya, ko‘pgina endogen metabolitik jarayonlarni buzilishi kuzati¬ladi.
Xomila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qal-qonsimon bez gormonlari miqdor ko‘rsat¬kich¬lari-ning meyordan kamligi ko‘pgina buzilish¬lar va aqliy rivojlanishning qaytmas orta qolishi bilan davom etuvchi kretinizm kasaligi kelib chiqishiga olib keladi. Nisbatan katta yoshdagi bolalarda gipoterioz kelib chiqishi oqibatida aqliy rivojlanishga ta’sir etmaydigan umumiy rivojning orta qolishi kuzatiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Tirostimulin toksik bo‘lmagan preparatlar gruxiga mansub bo‘lganligi tufayli laktasiya va xomiladorlik davrida qo‘llanilishi mumkin, bundan xomiladorlik tireotoksi¬kozi mustasno.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Tirostimulinning avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan
Dozani oshirib yuborilishi
Tirostimulin toksik bo‘lmagan preparatlar gruxiga mansub bo‘lganligi sababli dozani oshirib yuborish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan intoksikasiya ӽolati extimoldan yiroq.
Chiqarilish shakli
Gel’ 0,2% 10 g va 15 g dan tubalarda, fla¬kon-larda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riq-nomasi bilan birga
Saqlash sharoiti
25o S yuqori bo‘lmagan va bolalar olol-may¬¬digan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanil-masin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«A.B – BIOKOM» MChJ